Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polvonlarimizni yangi mavsumda jiddiy sinovlar kutmoqda
14:05 / 2026-01-03

O‘tgan 2025 yilda bir qator nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etgan sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yilda Osiyo va jahon miqyosidagi qator nufuzli turnirlarda ishtirok etishni rejalashtirgan.

Jumladan, polvonlarimiz joriy yilgi mavsumni 6-12 aprel kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida tashkil etiladigan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bilan boshlaydi. 

Vetnamda 23–31 may kunlari o‘tkaziladigan U17 va U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati ham muhim musobaqalardan sanaladi. Ushbu birinchilikdan so‘ng O‘zbekiston U17 terma jamoasi 27 iyul – 2 avgust kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida qatnashadi.

Shuningdek, U20 yosh toifasidagi sport kurashchilarimiz Slovakiyada 17–23 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan dunyo birinchiligida o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadi. 

Yaponiyaning Nagoya shahrida 30 sentyabrdan 3 oktyabr kuniga qadar Osiyo o‘yinlarining sport kurashlari bo‘yicha bellashuvlarida kurashchilarimiz mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.

12–18 oktyabr sanasida U23 yosh toifasidagi jahon chempionati Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi va unda yosh polvonlarimiz oltin medallar uchun bahs olib borsa, 2026 yilgi mavsum kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati bilan yakunlanadi. Chempionat Bahrayn poytaxti Manama shahrida 24 oktyabr – 1 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA