Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polvonlarimiz zafar quchmoqda
18:14 / 2014-09-29

Janubiy Koreyada qizg‘in davom etayotgan XVII yozgi Osiyo o‘yinlarida polvonlarimiz terma jamoamiz medallari shodasiga munosib hissa qo‘shmoqda. 

Incheon. O‘zA maxsus muxbiri Mehribon Mametova xabar qiladi.

11c (3).jpg

Janubiy Koreyada qizg‘in davom etayotgan XVII yozgi Osiyo o‘yinlarida polvonlarimiz terma jamoamiz medallari shodasiga munosib hissa qo‘shmoqda. 

Prezidentimiz rahnamoligida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli o‘g‘il-qizlarimiz ongu shuurida ona Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuyg‘ulari shakllanib, ularning xalqaro maydonlarda O‘zbekiston nomini ulug‘lashga bo‘lgan ishtiyoq hamda intilishlari tobora yuksalib bormoqda. Turli xalqaro musobaqalar, jahon va qit’a chempionatlari, Olimpiada va Osiyo o‘yinlarida vakillarimizning zafar quchib, mustaqil mamlakatimiz shuhratini dunyoga yoyishga hissa qo‘shayotganliklari buning yorqin dalilidir. Ayniqsa, erkin kurash bo‘yicha mamlakatimiz polvonlari qo‘lga kiritayotgan muvaffaqiyatlar tahsinga loyiq. 

Yaqinda poytaxtimizda o‘tkazilgan erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida 70 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘lgan Bekzod Abdurahmonov istiqbolli polvonlarimizdan biri. U erkin kurash bo‘yicha o‘z vaznida dunyoning eng yetakchi sportchilaridan biri ekanini XVII yozgi Osiyo o‘yinlarida ham isbotladi.

Janubiy Koreya vakili Ox Manxoga qarshi kechgan final bellashuvi hamyurtimizning to‘liq ustunligida o‘tdi. Bekzod o‘zining tezkor harakati va chiroyli usullari bilan raqibini shoshirib qo‘ydi. Yakunda polvonimiz yirik hisobda zafar quchdi. 

– Bekzod dastlabki bellashuvda g‘alaba qozonganda mazkur musobaqalarda eng kuchli polvonlardan biri ekani aniq bo‘lgandi, – deydi erkin kurash bo‘yicha hakam Jang Tsong-Rong. – O‘zbekistonlik yosh sportchining g‘alabaga bo‘lgan irodasi shu darajada kuchli ediki, u raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Janubiy koreyalik kurashchi final bahsining oxirgi soniyasida ikki ochko qo‘lga kiritgan bo‘lishiga qaramasdan, Bekzod Abdurahmonov raqibi ustidan ishonchli g‘alaba qozondi.

Bu bilan polvonimiz o‘zining avvalgi yutuqlarini yanada mustahkamladi. 

– Osiyo o‘yinlarida ilk bor ishtirok etib, oltin medalga sazovor bo‘lganimdan xursandman, – deydi Bekzod. – Mamlakatimizda sport bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoit yaratilgan. Biz, yosh sportchilarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tibor uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildiramiz. 
Yana bir erkin kurashchimiz Ixtiyor Navro‘zov terma jamoamizga navbatdagi bronza medalini keltirdi. 

65 kilogramm vazn toifasidagi polvonlar o‘rtasida uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda I.Navro‘zov yaponiyalik Ishida Tomotsuguni mag‘lub etdi.

Polvonlarimiz ko‘rsatayotgan yuqori natijalar boshqa sportchilarimizni ham ruhlantirdi. Yana bir hafta davom etadigan Osiyo o‘yinlarida atletlarimiz yangi zafarlarga erishishi, shubhasizdir.