Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polvonlarimiz uchun “Zagreb Open – 2026” muvaffaqiyatli yakunlandi
10:39 / 2026-02-09

Xorvatiyaning Zagreb shahrida sport kurashlari bo‘yicha “Zagreb Open – 2026” xalqaro reyting turniri o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning yunon-rum kurashi bo‘yicha bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Xususan, 67 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida bahs olib borgan Aytjan Xalmaxonov musobaqa davomida misrlik Muhammad Hasan Ahmad Abdulrahim, moldovalik Valentin Petits, yaponiyalik Kyotaro Sogabe hamda gruziyalik Diyego Chkikvadzeni mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, o‘z vazn toifalarida hamyurtlarimiz Alisher G‘aniyev va Ixtiyor Botirov kumush medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Shahzod Qo‘chqorov, Abdulla Aliyev hamda Muhammadqodir Rasulov bronza medallari bilan taqdirlandi.

Qayd etilgan natijalarga ko‘ra, yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Umumjamoa hisobida Eron terma jamoasi birinchi, Qozog‘iston esa uchinchi pog‘onadan joy oldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA