Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polvonlar va ularning murabbiylari taqdirlandi
17:27 / 2021-12-24

O‘zbekiston Kurash federatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida yil yakunlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Kurash federatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi ijrochi direktori S.Jusipbekov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.Temirboyev, sport faxriylari P.Xo‘janov, A.Satayev va boshqalar so‘zga chiqib, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni, shu jumladan kurashni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rlik haqida gapirdi.

Darhiqiqat, yakunlanib borayotgan yil Orolbo‘yi sportchilari uchun omadli bo‘ldi. Ular kurash bo‘yicha o‘tkazilgan mamlakatimiz chempionati, kubogi va xalqaro turnirlarda munosib ishtirok etib, 27 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Bu borada shahar va tuman, Qoraqalpog‘iston Respublikasi birinchiliklari muntazam ravishda o‘tkazilib, g‘oliblar taqdirlandi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi, shahar va tuman prokuraturalari yaqindan amaliy yordam berdi.

Yil davomida yuksak natijalarga erishgan sportchilar, ularning murabbiylari, hakamlar, faxriylar, musobaqa tashkilotchilarini taqdirlash an’anaga aylanmoqda. Tadbirda “Yilning eng yaxshi sportchisi”, “Yilning eng yaxshi murabbiyi”, “Yilning eng yaxshi hakami”, “Yilning eng yaxshi faxriy sportchisi”, “Yilning eng yaxshi sport musobaqalari tashkillashtirgan oliy o‘quv yurti”, “Yilning eng yaxshi sport jurnalisti” kabi 15 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

[gallery-5215]

– Yakunlanayotgan yil omadli bo‘ldi, – deydi “Yilning eng yaxshi qiz sportchisi” nominatsiyasi g‘olibi Sarbina Uzoqboyeva. – O‘zbekiston chempionati va kubogi musobaqasida ishtirok etib, uch marotaba sovrindor bo‘ldim. Hozirgi vaqtda Mo‘ynoq tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabida murabbiy bo‘lib ishlayapman. Kelajakda ushbu ishonchni oqlab, bundan ham yuqori natijalarga erishishga harakat qilaman.

Nominatsiya g‘oliblariga O‘zbekiston Kurash federatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA