Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polshaning Ukrainaga bergan yordami miqdori ma’lum qilindi
07:53 / 2025-10-11

WNP nashri keltirgan hisobotga ko‘ra, Polsha hukumati 2022-2023 yillar davomida Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun 106 milliard zlotiy yoki taxminan 29 milliard dollar sarflagan.

2022-2023 yillarda Polsha hukumati Ukrainaga va ushbu mamlakatning Polshada yashayotgan fuqarolariga ko‘maklashish uchun yalpi ichki mahsulotning 3,83 barobari qiymatida sarf-xarajat qildi, - deyiladi hisobotda. - Bunga harbiy yordam ham kiradi.

Qayd etilishicha, shu davr oralig‘ida Kiyevga 586 zirhli texnika vositasi, 137 zambarak tizimi va 318 tank yuborilgan.

Darvoqe, ayni miqdor Polshani tegishli ro‘yxatda Ukrainaga 68 milliard yevro bergan Qo‘shma Shtatlar va 33 milliard yevro ajratgan Germaniyadan keyingi uchinchi o‘ringa olib chiqqaniga ishora qilingan.

O‘z navbatida Rossiya Ukrainaga qurol berish muammoni hal etishga to‘sqinlik qilib, NATO davlatlarini mojaroga bevosita jalb etayotganini ta’kidlagan hamda bu “o‘t bilan o‘ynashish” ekanini aytgan.

S.Rahimov, O‘zA