Polshaning “Flexi Job” tashkiloti rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i o‘rinbosari A.Yunusov va mas’ul xodimlar, “Flexi Job” tashkiloti rahbari Michal Kik ishtirok etgan uchrashuvda mazkur tashkilot bilan ikki tomonlama hamkorlikni o‘rnatish va O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda Polsha davlatiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ma’lum qilinganidek, “Flexi Job” tashkiloti rekruting kompaniya bo‘lib, mutaxassislarni qurilish, haydovchilik va boshqa sohalarda Polsha va Germaniyadagi korxonalarga ishlashga jalb qilish bilan shug‘ullanadi.
Uchrashuv davomida ushbu tashkilot tomonidan 500 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarolarini kushxonalarga (go‘shtni qayta ishlash) ishga jalb qilish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Uchrashuv yakunida ikki davlat o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida samarali hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish yuzasidan kelishib olindi.