Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polshadagi jahon chemponatida o‘zbekistonlik tarbiyalanuvchilar vitse-chempionlikni qo‘lga kiritdi (+video) 
12:15 / 2023-08-16

Joriy yilning 11–14 avgust kunlari “Hope for Mundial Association” tomonidan Polsha davlatining Varshava shahrida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida futbol bo‘yicha VIII jahon chempionati o‘tkazildi. 

Mazkur musobaqada 21 ta davlatdan futbol jamoalari ishtirok etib, O‘zbekiston sharafini himoya qilgan A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat futbol jamoasi finalchiga aylanib, kumush medal sohibiga aylanishdi. Chempionlik esa Belgiyaga nasib etdi.

Vitse-chempionlar 16 avgust kuni erta tongda Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Videoni to‘liq O‘zAning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/ZThnDq-jzhw" title="Polshadagi jahon chemponatida o‘zbekistonlik tarbiyalanuvchilar vitse-chempionlikni qo‘lga kiritdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Farrux Xudoyorov, Nishonboy Abduvoitov(+video), O‘zA