Bugun Polshada mamlakat prezidenti saylovining birinchi bosqichida tegishli saylov uchastkalari ochildi.
Mamlakatda 29 milliondan ziyod fuqaro ovoz berish huquqiga ega. Ular jami 32 000 dan ko‘proq saylov uchastkasiga borishi mumkin.
Davlat rahbari besh yil muddatga saylanadi.
So‘rovga ko‘ra, kurash asosan Bosh vazir Donald Tusk boshchiligidagi hukmron fuqarolik koalitsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Varshava meri Rafal Tshaskovskiy va konservativ “Qonun va adolat” partiyasi nomzodi Karol Navrotskiy o‘rtasida kechishi kutilyapti.
Ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da tugaydi.
Ilk norasmiy natija bugun kechqurun e’lon qilinadi.
Polshada prezidentlik saylovi ikki bosqichli tizimda o‘tkaziladi: birinchi turda nomzodlarning hech biri 50 foizdan ko‘p ovoz ololmasa, keyingi tur eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod o‘rtasida kechadi. Ehtimoliy ikkinchi bosqich 1 iyunga belgilangan.