Polshada Navrotskiy - prezidentlik saylovi g‘olibi
Polshada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi ikkinchi bosqichida tarixchi Karol Navrotskiy 50,9 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi. Bu haqda Davlat saylov qo‘mitasi ma’lum qildi.
Kecha bo‘lib o‘tgan saylovda Varshava meri, hukmron koalitsiya a’zosi Rafal Tshaskovskiy va muxolif - konservativ “Huquq va adolat” partiyasi nomzodi Navrotskiy kurashni davom ettirdi. Ro‘yxatga olingan 29 millionga yaqin fuqaroning 71,63 foizi ovoz berishda ishtirok etgan.