Polshada Navoiy va Bobur ijodi targ‘ib etildi
Mamlakatimizning Polshadagi elchixonasi tomonidan Krakov shahrida ta’lim olayotgan vatandoshlarimiz uchun Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-marifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda buyuk allomalarimiz bebaho merosining jahon adabiyotidagi o‘rni, ulkan ahamiyati xususida so‘z yuritildi. Navoiy va Bobur asarlarida yuksak insoniy g‘oyalar o‘zbek tilining beqiyos so‘z boyligi vositasida aks ettirilgani qayd etildi.
Krakovda biznes bilan shug‘ullanayotgan hamyurtimiz Hayotbek Tillayev Hazrat Navoiyning hayoti va ijodi, asarlarida tarannum etilgan chinakam insoniy g‘oyalar haqidagi mulohazalarini bildirdi.
Ishtirokchilar e’tiboriga shoh shoir Mirzo Bobur haqida videorolik havola etildi. Buyuk ajdodimizning murakkab umr yo‘li, she’r, g‘azal va ruboiylarida aks etgan yuksak vatanparvarlik tuyg‘usiga alohida urg‘u berildi. “Boburnoma”, “Kobul devoni” kabi asarlari jahon adabiyoti durdonalari qatoridan o‘rin olgani e’tiroq qilindi. Buyuk ajdodlarimiz ijod namunalari yodlandi.
O‘zA