Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polshada matonatli faxriy futzalchilar muvaffaqiyatga erishdi
09:01 / 2022-08-23

Polshada eshitish qobiliyati cheklangan faxriylar o‘rtasida futzal bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi jahon chempionatida matonat va iroda timsoli bo‘lgan hamyurtlarimiz vatanimiz sharafini munosib himoya qildi.

Braziliya, Ukraina, Slovakiya, Vengriya, Gana, Marokash, Polsha kabi nomdor terma jamoalar bilan bahslashgan O‘zbekiston faxriylar jamoasi shiddatli bahslar yakuniga ko‘ra, faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Saralash bahslarini muvaffaqiyatli o‘tkazgan hamyurtlarimiz barcha jamoalarni mag‘lub etdi. Ayniqsa, yarim final ostonasida Braziliya vakillarini 5:2 hisobida mag‘lub etib, bronza medaliga musharraf bo‘lishi e’tiborli bo‘ldi.

Olis yurtda matonat ko‘rsatgan, vatan sha’nini munosib himoya qilgan futzalchilar jamoasi bugun Islom Karimov nomli Toshkent xalqaro aeroportida Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston karlar sport federatsiyasi rahbariyati hamda keng jamoatchilik tomonidan tantanali kutib olindi.

Eslatib o‘tamiz, faxriylar o‘rtasidagi musobaqalar 15-20 avgust kunlari bo‘lib o‘tdi.



O‘zA