Polshada koronavirusning omikron shtammi bilan kasallanish holati qayd etildi
Polshada koronavirusning omikron shtammiga chalinish bo‘yicha dastlabki holat qayd etildi, deyiladi “PAP” agentligining mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumoti bilan asoslagan xabarida.
“COVID-19”ning omikron shtammi bilan ilk kasallanish holati aniqlandi, deyiladi agentlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti noyabrning oxiridagi favqulodda yig‘ilish yakuniga ko‘ra, Janubiy Afrika Respublikasida koronavirusning yangi shtammi paydo bo‘lgani, bu shtamm grek harfi “omikron” nomi bilan atalganini ma’lum qilgandi.