Polshada chet elliklarga yer sotish o‘n yilga taqiqlandi
Polsha Prezidenti Karol Navrotski xorijliklarga yer sotishni o‘n yilga taqiqlovchi qonunni imzoladi.
- Bu gal bir yo‘la 10 ta qonunni imzolashga qaror qildik, - dedi davlat rahbari. - Jumladan, mening tashabbusim bilan ishlab chiqilgan maxsus loyiha - qishloqlarimizni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni, deyarli, butun parlament qo‘llab-quvvatladi. Endi 10 yil davomida Polsha yerlari chet elliklarga sotilmaydi.
Navrotski lavozimga kirishishi bilan ushbu hujjatni ishlab chiqishga kirishganini ta’kidladi.
- Prezidentligimning to‘rtinchi kuni G‘arbiy Pomeraniya voyevodasida fermerlar bilan uchrashuv chog‘i ko‘tarilgan masala bugungi kunga kelib majburiy tartibga aylandi, - dedi Polsha yetakchisi.
G.Sattorova, O‘zA