English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polsha Yevropa davlatlarini “Shimoliy oqim-2” loyihasiga qarshi turishga undamoqda
09:05 / 2021-05-27

Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Yevropa davlatlar rahbarlarini jipslashib “Shimoliy oqim-2” loyihasiga qarshi turishga chaqirdi.

“Polsha radiosi” ma’lumotida aytilishicha, siyosatchi Yevroittifoq sammiti yakuni bo‘yicha bayonotida shunday fikrni aytgan. 

“Bu loyiha Yevropa birdamligiga putur yetkazadi, deb o‘ylayman. Bu gaz quvurlari tarmog‘i Rossiyaning qudratini oshiradi”, dedi u.

 Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, avvalroq, 26 mayda AQSH prezidenti Jo Bayden mazkur loyihaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llamasligini ma’lum qilingandi.

 Polshaning amaldagi “Qonun va adolat” partiyasi matbuot kotibi Radoslav Fogelning aytishicha, bu xabar bir qadar og‘riqli taassurot qoldiradi.