Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polsha ta’lim vaziri Prezident maktabida bo‘ldi
17:44 / 2025-06-13

Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Polsha Respublikasi ta’lim vaziri Barbara Novaskaya Samarqandga tashrif buyurdi.

Mehmonlar dastlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari hamrohligidagi Samarqand shahridagi Prezident maktabi faoliyati bilan tanishdi.  

Maktab o‘quvchilarining milliy cholg‘u asboblari bilan ijro etgan musiqalari hamda texnik ishlanmalar, ixtirolar ko‘rgazmasi delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi. Muassasada o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv xonalari, tabiiy va aniq fanlar bo‘yicha laboratoriya xonalari Polsha ta’lim vaziri e’tiborini tortdi.

Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari Samarqand shahridagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, diqqatga sazovor maskanlarni tomosha qildi. Dastlabki manzil Amir Temur maqbarasi bo‘ldi. Maskan tarixi, temuriylar davrida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, bunyodkorlik ishlari haqidagi batafsil ma’lumotlar mehmonlarni hayratlantirdi.

 [gallery-23897]

Shuningdek, mehmonlar Registon ansambli, Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasi va boshqa tarixiy obidalarimiz bilan tanishuv jarayonida yurtimiz tarixi, madaniyati, an’ana va urf-odatlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari