Polsha rasmiy vakili Yevropada migratsiya tanazzulini vujudga kelishida Belarusni aybladi
“Belarus-polsha chegarasidagilar qochoqlar emas, Yaqin sharqlik va afrikalik odatiy migrantlar”, dedi Polsha ichki ishlar mahkamasi rahbarining o‘rinbosari Blajey Pobojiy matbuot anjumanida.
Polskie Radio tarqatgan xabatga ko‘ra, u: “Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, Belarus orqali Yevroittifoqqa kirmoqchi bo‘lganlarning aksariyati qochoq emas, oddiy migrantlar. Ular o‘zlarini Bag‘doddan Minsk orqali Germaniyaga olib borishga va’da berganlarga haq to‘laydi. Belarus esa, ular Polsha chegarasigacha kelishiga, shunchaki, imkon bermoqda”, deb ta’kidlagan.
Uning fikricha, Belarus hukumati chegaradagi vaziyatga faqat siyosiy ko‘z bilan qaramoqda. “Minsk tabiiy va sun’iy migratsiya oqimini vujudga keltirib Yevropada jiddiy migratsiya tanazzuli vujudga kelishidan manfaatdorga o‘xshaydi”, deydi Pobojiy.