English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polsha prezidenti BMTda so‘zga chiqib Rossiya Ukrainaga reparatsiya to‘lashi kerak dedi
11:56 / 2022-09-21

Polsha prezidenti Anjey Duda BMT Bosh assambleyasining 77- sessiyasida so‘zga chiqib "Rossiya Ukrainaga harbiy reparatsiya to‘lashi kerak”, dedi. Duda o‘zining 28 daqiqa cho‘zilgan ma’ruzasini to‘lig‘icha Ukrainaga bag‘ishlagani aytilmoqda.

"Rossiya Ukrainaga harbiy reparatsiya to‘lashi kerak. Tavon to‘lamasdan adolat bo‘lmaydi", – dedi Duda. Ukraina haqida gapira turib, Duda Polshaning Germaniyadan talab qilayotgan reparatsiyaga ham ishora qildi. "Bu nafaqat hozirgi kunimizga tegishli, balki o‘tmishning hal qilinmay qolgan masalalariga ham tegishlidir", – dedi u.

"Men buni Ikkinchi jahon urushining dahshatlarini boshdan o‘tkazgan Polsha prezidenti sifatida aytayapman. Ikkinchi jahon urushida Polshaning katta qismi vayron bo‘ldi, olti million fuqarosidan ajralgan, ularning uch millioni yahudiy millatiga mansub polsha fuqarolari edi", – dedi Duda.

Uning aytishicha, Polsha Rossiyani xalqaro huquqlarni buzgani uchun javobgarlikka tortish maqsadida sa’y-harakatlarni davom ettirishdan charchamaydi.