Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polsha–O‘zbekiston agrar hamkorligi yangi bosqichda
17:07 / 2025-11-26

Mamlakatimizda agrar islohotlar natijasi o‘laroq raqamlashtirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, chorvachilik va bog‘dorchilikda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash imkoniyatlari kengaydi.

Ayni jarayonda xalqaro hamkorliklar hamda tajriba almashinuvlarining hissasi yuqori.

Shu ma’noda bugungi kunda Polsha va O‘zbekiston o‘rtasida ikki tomonlama do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, yangi istiqbolli loyihalarni belgilash va agrar yo‘nalishda manfaatli hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida Polsha Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va qishloqlarni rivojlantirish vaziri Stefan Krayevski ishtirokida Polsha–O‘zbekiston Qo‘shma ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Polsha agrar soha yuksak texnologiyalar, samarali boshqaruv tizimi va ilg‘or tajribasi bilan tanilgan, ushbu salohiyat ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Uchrashuv davomida ilmiy-texnik aloqalarni kuchaytirish, agrotexnologiyalar bo‘yicha tajriba almashish, chorvachilik va baliqchilikni rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligi, kadrlar tayyorlash va malaka oshirish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, mavjud imkoniyatlar va istiqbolli yo‘nalishlar haqida o‘zaro fikr almashildi. Xususan, aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish va amaliy natijadorlikni oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar qo‘shma ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘yicha protokolni imzoladi.

A.RUSTAMOV, O‘zA