Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Osvensim konsentratsiya lageri ozod etilganining 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimga kelsa, Polsha hukumati tomonidan qo‘lga olinadi. Bu haqda “Jerusalim Post” nashri yozgan.
27 yanvar kuni bir milliondan ko‘p mahbus hayotiga zomin bo‘lgan Yevropadagi eng yirik qatag‘on qo‘nalg‘alaridan biri yo‘q qilinishi sanasi munosabati bilan marosim uyushtiriladi. Osvensim asirlarining aksariyati yahudiylar edi. Shuning uchun Isroil vakillari an’anaviy ravishda xotirlash tadbiriga taklif etiladi.
Binobarin, 20 dekabr kuni Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladislav Bartoshevskiy mahalliy gazetaga bergan intervyusida “Agar Isroil Bosh vaziri mamlakatga kirsa, hibsga olinishi”ni ta’kidladi. Demak, Isroil rahbari Varshavaga bormaydi, marosimda mamlakatdan yagona vakil sifatida ta’lim vaziri Ioav Kish qatnashadi.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat avval Xalqaro jinoyat sudi Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni G‘azo sektorida tinch aholiga qarshi bir qator jinoyatlarda ayblab, ularning qonun oldida javob berishi zarurligi yuzasidan qaror qabul qilgan. Rim statutini imzolagan davlatlar mazkur order talabini bajarishi shart.