Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polsha hukumati sovet askarlariga tegishli 60 ta yodgorlikni yo‘q qilmoqchi
13:52 / 2022-04-15

– Polsha hukumati mamlakatdagi sovet askarlariga qo‘yilgan 60 ta yodgorlikni yo‘q qilishni rejalashtirmoqda.

Bizda olib tashlanishi kerak bo‘lgan yodgorliklar ro‘yxati bor, – dedi milliy xotira instituti rahbari Karol Navrotskiy. 

Navrotskiyning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy hokimiyat allaqachon bu masalani hal qilishga tayyor. Birinchi yodgorliklar Velikopolsk va Sileziyada buziladi.  

– Agar ayrim munitsipalitet rahbarlari buzish haqidagi qarorga rozi bo‘lmasa, ular mening tashrifimni kutishlari mumkin, – deydi Navrotskiy.  

Polshada so‘nggi bir yil ichida Qizil Armiya askarlarining bir necha yuzlab yodgorliklari vayron qilingan. 2017 yilda mamlakat Prezidenti Anjey Duda davlat qonunchiligida kommunizm targ‘ibotini taqiqlovchi tuzatishlarni ma’qulladi. 
Mazkur tuzatishlar Sovet obidalarini buzishni ham o‘z ichiga oladi. Avvalroq “Sputnik” radiosi Litvada sovet askarlari yodgorliklari tahqirlangani haqida xabar bergan edi.