English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polsha hukumati muhojirlar oqimi tufayli chegarani qattiq qo‘riqlashini ma’lum qildi
09:48 / 2021-11-12

Polsha hukumati mamlakat chegarasini qo‘riqlash kuchaytirilgani haqida ma’lum qildi. Minglab noqonuniy muhojirlar Belarus hududidan Polshaga o‘tmoqchi bo‘layotgani xabar qilingan.

Hozirda Polsha – Belarus o‘rtasidagi Bruzgi-Kuznitsa chegara punktida muxojirlar inqirozi boshlanib ketgan. Shu sabab Polsha armiyasi chegarani qo‘riqlamoqda, ular hech bir muxojirni o‘tkazib yubormaslikka urinmoqda.

Chegarachilarga 12 ming askar, terrorga qarshi kurash guruhi va politsiya xodimlari yordamga kelgan.

Polsha mudofaa vazirligi 8 noyabr kuni Kuznitsa nazorat punktida (Polsha tomonidan nazorat o‘tkaziladigan punkt) yuzlab fuqarolar to‘plangani aks etgan tasvirlarni namoyish qilgan edi.

– Rossiya Belarus bilan ittifoqchilik majburiyatlari doirasida Polsha chegarasida qo‘shinlar to‘planganiga javob qaytarishi kerak, – dedi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy.

U, shuningdek, Yevropa Ittifoqi davlatlariga chegaradagi muhojirlar bilan bog‘liq inqiroz yuzasidan ayrim savollar tug‘ilayotgani va bunga tezroq rasmiy munosabat bildirilishi kerakligini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida, qator mamlakatlar Polsha – Belarus chegarasida yuz berayotgan voqealarni kuzatib bormoqda, turlicha talqin qilmoqda. Masalan, yaqinda Litva ichki ishlar vazirligi noqonuniy migrantlar oqimi tufayli chegaradagi viloyatlarda favqulodda holat joriy etishni taklif qildi.

Behruz Xudoyberdiyev tayyorladi.