Polsha hukumati Belarus bilan chegaradagi harbiylar sonini oshiradi
Polsha hukumati Belarus bilan chegaraga yana ikki yarim ming harbiyni safarbar qiladi.
“Chegaraga qo‘shimcha kuchlarning tashlanishi bilan bog‘liq qaror chegarachilar tomonidan bir necha migrantlarning qo‘lga olinganidan so‘ng chiqarildi”, deb yozdi Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashak “Twitter”da.
Uningcha, chegara ishonchliligini ta’minlash uchun Chegarani qo‘riqlash xizmatidan tashqari 10 ming askar zarur bo‘ladi.
Chegaradagi mahalliy aholidan ko‘ngillar ham safar qilinmoqda.
25 oktyabrda Polsha Chegara xizmati chegarani noquniy kesib o‘tish bilan bog‘liq qator holatlar haqida ma’lumot bergandi.