Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polsha harbiy xarajatlarini YAIMning to‘rt foiziga yetkazmoqchi
17:15 / 2023-01-30

Polshaning 2023 yil uchun harbiy xarajatlari 4 foizga yetkaziladi, deb bayonot berdi bosh vazir Mateush Moravetskiy jurnalistlarga.

2022 yilda Polshaning mudofaa byudjeti YAIMning 2,4 foizi miqdorida rejalashtirilgan edi. 2023 yilda esa ushbu ko‘rsatkichni mamlakat YAIMining 3 foizigacha oshirish ko‘zda tutilgan (taxminan 28 milliard dollar).

"Ukrainadagi urush tezkorlik bilan qurollanishga sabab bo‘lmoqda. Shu bois biz avval ko‘zda tutilmagan sa’y-harakatni amalga oshiramiz, ya’ni Polsha armiyasining xarajatlarini mamlakat yalpi ichki mahsulotining 4 foizigacha oshiramiz", – dedi Moravetskiy.

"Bu bilan biz NATO a’zolari orasida harbiy byudjetini eng katta davlat bo‘lamiz", – qo‘shimcha qilgan u jurnalistlar bilan uchrashuvda.

NATO standarti bo‘yicha unga a’zo mamlakatlarning harbiy byudjeti mamlakat YAIMining 2 foizi atrofida bo‘lishi kerak.