Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polsha fuqarolarini Rossiyani tark etishga chaqirdi
22:50 / 2026-02-17

Dunyoda keskin geosiyosiy jarayonlar davom etmoqda: Polsha fuqarolarini Rossiyadan chiqib ketishga chaqirdi, Isroil va G‘azodagi to‘qnashuvlar yuzlab qurbonlarga olib keldi, Eron atrofida AQSH harbiy faolligi oshdi, Italiya esa G‘azo politsiyasini tayyorlashga tayyor ekanini bildirdi. Shuningdek, xalqaro maydonda inson huquqlari, xavfsizlik va bolalarning raqamli himoyasi masalalari kun tartibiga chiqdi.

Navalniy ishi bo‘yicha bosim kuchaydi

15 davlat Rossiyadan muxolifatchi Aleksey Navalnыy o‘limi yuzasidan xalqaro mustaqil tergov o‘tkazishni talab qildi. Bayonotda uning zaharli modda ta’sirida halok bo‘lgani qayd etildi.

Ukraina xavfsizlik xizmatida «tozalashlar»

Prezident Vladimir Zelenskiy ayrim amaldorlar davlat manfaatlariga xiyonat qilganini aytdi va qat’iy choralar boshlanganini ma’lum qildi.

Britaniyada o‘smirlar uchun internet cheklovlari mumkin

Buyuk Britaniya 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni keskin cheklashni rejalashtirmoqda.

G‘azoda qurbonlar soni 600 dan oshdi

Isroil tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi buzilishi ortidan G‘azoda yuzlab falastinliklar halok bo‘ldi, minglab odamlar yaralandi.

Polsha fuqarolariga Rossiyadan chiqib ketish chaqiruvi

Varshava xavfsizlik keskin yomonlashishi mumkinligini aytib, safarlardan tiyilishni tavsiya qildi.

Eron atrofida AQSH harbiy kuchlari ko‘paydi

Fors ko‘rfazi va Arab dengizida AQSH kemalari va qiruvchilari soni sezilarli oshgani kuzatildi.

Italiya G‘azo politsiyasini tayyorlashga tayyor

Tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani mintaqada barqarorlik uchun yangi politsiya kuchlarini o‘qitishda yordam berishini ma’lum qildi.

 

Nozimbek Mardonov