Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polsha chegarada hushyorlikni kuchaytirmoqda
20:08 / 2025-08-04

Polsha hukumati Germaniya va Litva bilan chegara nazorati tartibini 4 oktyabrgacha uzaytirdi. 7 iyulda joriy etilgan mazkur muvaqqat chorani mamlakat ichki ishlar vaziri Marsin Kervinski “noqonuniy migratsiyaning yangi yo‘nalishlariga qarshi” zarur, deya ta’rifladi.

Rossiya va Belarus orqali migratsiya oqimi kamayishi natijasida migrantlar Yevropa Ittifoqiga endi Litva va Latviya orqali  kirishga harakat qilmoqda. Shu bois Polsha va boshqa qo‘shni davlatlar xavfsizlik chorasini kuchaytirgan.

Bosh vazir Donald Tusk ilgari bergan bayonotida GFRdan minglab muhojirlar Polshaga qaytishga urinayotgani nomaqbul amaliyot ekanini bildirgan va ushbu mamlakat Shengen hududidagi GFR va Litva bilan chegara nazoratini vaqtincha tiklashga qaror qilgan. Rasmiylar tartibni Germaniya bilan 52, Litva bilan esa 13 manzilda o‘zgartirgan.

Litva ayni masalada Polsha bilan yaqin hamkorlik davom etishini ta’kidlagan. Kansler Fridrix Mers ham Shengen zonasida erkin harakat saqlanishi, biroq bu tartib noqonuniy migratsiya vositasiga aylanmasligi lozimligiga urg‘u bergan.

Rasmiy statistika ko‘hna qit’aga noqonuniy migratsiya oqimi kuchayganini ko‘rsatmoqda. Natijada ko‘plab davlatlar o‘z xavfsizlik siyosatini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lyapti.

Musulmon Ziyo, O‘zA