Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polsha Belarus chegarasida xavfsizlikni kuchaytirmoqda (+video)
20:48 / 2025-12-24

Polsha hukumati Belarus bilan chegarada xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda. Yaqin kunlarda chegara hududida dronlarga qarshi maxsus tizimlar o‘rnatilishi ma’lum qilindi. Bu qaror rasmiy Varshavaning fikricha, ehtimoliy harbiy tahdidlarning oldini olishga qaratilgan, deb xabar berdi Yevronyus.

Shuningdek, Polsha-Belarus chegarasiga yaqin joyda yangi kuzatuv minorasi qurildi. Ushbu minorada dronlarga qarshi kurashishga mo‘ljallangan birinchi maxsus tizim klasteri joylashtiriladi. Polsha ichki ishlar vaziri Martin Kervinskiyning aytishicha, ushbu tizim yanvar oyida to‘liq ishga tushiriladi.

Ushbu inshoot so‘nggi oylarda barpo etilgan beshta shunday minoradan biri hisoblanadi. Loyihaning umumiy qiymati, taxminan 47 million zlotiyni tashkil qiladi.

Polsha bosh vaziri Donald Tuskning ma’lum qilishicha, Rojdestvo arafasida chegara hududida 4 mingdan ortiq harbiy xizmatchi va bir necha yuz nafar chegara qo‘riqchilari hamda politsiya xodimlari navbatchilik qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, umumiy hisobda 6 mingdan ziyod kishi bayram kechasini chegarada xizmatda o‘tkazadi.

Shu bilan birga, Polsha hukumati noqonuniy migratsiya muammosiga ham e’tibor qaratmoqda. Chunki, so‘nggi davrda 30 mingga yaqin noqonuniy chegaradan o‘tish urinishlari sodir bo‘lgan. Faollar ma’lumotiga ko‘ra, chegaraga yaqin o‘rmon hududlarida halok bo‘lgan migrantlarning tanalari topilgan. 2025 yil iyul oyiga qadar rasmiy idoralar kamida 10 nafar xorijiy fuqaroning o‘limini tasdiqlagan.  

Shunday jarayonlar kechayotgan bir paytda Belarusning ehtimoliy harbiy faoliyati haqida ham yangi ma’lumotlar yuzaga chiqyapti. Belorus muxolifat tuzilmasining ma’lumotlariga ko‘ra, Minsk yaqinida artilleriya va raketa o‘q-dorilarini ishlab chiqaruvchi zavod qurilmoqda. Loyiha “Uchastok” deb nomlanib, uning qurilishi 2023 yilda boshlangan va kelasi yil dekabrigacha yakunlanishi mumkin.

Muxolifat vakillarining fikricha, zavod mahsulotlarining asosiy iste’molchisi Rossiya Federatsiyasi bo‘ladi. Aytish joizki, ushbu ma’lumotlar Belarus rasmiy hukumat organlari tomonidan tasdiqlanmagan. Shunga qaramay, Polsha tomoni chegarada xavfsizlik choralarini kuchaytirish orqali mintaqadagi ehtimoliy harbiy xavflarga tayyorgarlik ko‘rayotganini ochiq namoyon qilmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/BDyFkZRWyYY" title="Polsha Belarus chegarasida xavfsizlikni kuchaytirmoqda   " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA