Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polsha Belarus bilan chegarani butunlay yopdi
16:11 / 2025-09-12

Polsha payshanbadan jumaga o‘tar kechasi, yarim tunda Belarus bilan chegarasini butunlay yopdi. Hozir faoliyat yuritayotgan bir avtomobil va ikki temir yo‘l nazorat manzil faoliyati to‘xtatildi.

Bosh vazir Donald Tusk ushbu qarorni “xavfsizlik manfaati” bilan izohladi va “G‘arb-2025” Rossiya - Belarus harbiy mashg‘uloti juma kuni faol bosqichiga kirishini eslatdi. Shuningdek, chegarani yopish qarori Belarusda josusligi gumon qilingan Polsha fuqarosi hibsga olinishi bilan ham bog‘liqligini qo‘shib qo‘ydi.

Qaror qancha muddat amal qilishi hozircha noma’lum. Mamlakat ichki ishlar va ma’muriyat vaziri Marchin Kervinskiy chegarani ochish sanasi aniq emasligi, bu rus-belarus askarlari mashqi tugashi bilan bog‘lanmasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Polsha Rossiya - Belarus mashqidan emas, balki “keng ma’nodagi buzg‘unchilik”dan qo‘rqib chegarani yopgan.

Shu bilan birga Kervinskiy “chegara bir kun ham behuda yopiq turmasligi"ga va’da berdi.

Voqea ortidan Polshaning muvaqqat ishlari vakili Kshishtof Ozanna Belarus Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan va unga og‘zaki norozilik bildirilgan.

S.Rahimov, O‘zA