Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polsha Belarus bilan chegarada devor qurilishini boshlash sanasini ma’lum qildi
19:29 / 2021-11-17

Polsha bilan Belarus chegarasida mustahkam to‘siq qo‘yish ishlari 15 dekabr kuni boshlanadi, deb bayonot berdi polshalik senator Kshishtof Mruz mamlakat televideniyesida chiqish qilib.

"Biz ijrochilarni tanlashni nihoyasiga yetkazmoqdamiz. Qurilish ishlari 15 dekabrda boshlanadi", — dedi Mruz.

Bundan avvalroq Polsha ichki ishlar va ma’muriyat vaziri Mariush Kaminskiy Polsha-Belarus chegarasi bo‘ylab to‘siq qurish ishlari sutkasiga 24 soat olib borilishini ma’lum qilgan edi. 

Uning ta’kidlashicha, quriladigan muhandislik to‘siqlarining uzunligi 180 kilometr, balandligi 5 metr bo‘ladi. Devor elektron texnikalar, jumladan, tunda va kunduzi kuzatadigan kameralar, harakatlarni qayd etuvchi datchiklar bilan jihozlanadi.

Bundan oldin Polshada Belarus chegarasida baland to‘siqlar qurilishi bo‘yicha qonun qabul qilingan edi.