Polsha armiyasi tarkibi ikki barobar kengayadi
Polsha “Vagner” jangchilari va Belarusdagi rus askarlari faollashuvi asnosida yaqin kelajakda muntazam armiyani, qariyb, ikki barobar kuchaytirish niyatida. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Yaroslav Kachinskiy “Polskie Radio”ga ma’lum qilgan.
Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda hozirgi uch bo‘linma o‘rniga yetti bo‘linma tashkil etiladi: oltitasi jangovar, yettinchisi zaxira.
– Biz harbiy qismlarni tiklayapmiz, yangilarini yaratyapmiz, – dedi Kachinskiy. – Hozir oltinchi diviziya shakllanyapti. Varshava NATOning sharqiy qanotida qalqon bo‘lish uchun Yevropadagi eng kuchli quruqlik armiyasini yaratishga intilmoqda.
O‘zA