Polsha AQSHdan G20 tarkibiga qo‘shishini so‘radi
Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy AQSH Davlat kotibi Mark Rubiodan mamlakatini G20 tuzilmasiga taklif qilishni so‘radi.
— Polsha trillion dollarlik iqtisodiyotlar klubiga kirgani munosabati bilan, kelasi yil G20 guruhiga raislik qiladigan Amerika Qo‘shma Shtatlaridan Polshani ushbu davraga taklif etishini so‘radim, — deya Sikorskiyning Rubio bilan Mayamidagi uchrashuvdan so‘ng bildirgan fikrini keltirgan RAR agentligi. — Biz nafaqat dunyodagi eng yirik 20 iqtisodiyotdan biri, balki siyosiy va intellektual argument taqdim etuvchi davlat sifatida ham bunga haqlimiz. Zero, davlatimiz rejali iqtisodiyotdan erkin iqtisodiyotga muvaffaqiyatli o‘tdi va boshqalarga o‘rnak bo‘la oladi.
Rasmiy statistika ham 2025 yil Polsha iqtisodiyoti birinchi marta trillion dollardan oshganini tasdiqlaydi.
S.Rahimov, O‘zA