FOTOREPORTAJ
Termiz davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston – yoshlar mamlakati!” shiori ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qism komandiri, polkovnik Azizbek Sodiqov talaba-yoshlar bilan muloqot qildi.
Dastlab harbiy qism komandiri, polkovnik A. Sodiqov mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida yoshlarga so‘zlab berdi. Yurt kelajagi bo‘lgan navqiron avlod kamoloti yo‘lida ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik samimiy muloqotning bosh mavzusi bo‘ldi.
[gallery-12222]
O‘z o‘rnida talaba-yoshlar takliflarini bayon etdi. Xususan, ular taklifiga binoan “Harbiy qismda bir kun” mavzusida harbiylar xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishish uchun imkoniyat yaratib beriladigan bo‘ldi. Harbiy qism va universitet o‘rtasida 30 iyun – Yoshlar kunini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida memorandum tuzish to‘g‘risida kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida bir guruh faol yoshlarga kitoblar sovg‘a qilindi. Termiz garnizoni harbiy orkestri jamoasi Vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlari bilan tadbirga yanada bayramona kayfiyat ulashdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA