Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polizda hosil mo‘l
15:24 / 2025-07-31

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani hududidagi «Qudekov Jadiger» mas’uliyati cheklangan jamiyati dehqonchilikka ixtisoslashgan.

Xo‘jalik a’zolari qovun va tarvuz yetishtirishda ilg‘or tajribaga ega. Ular poliz mahsulotlarini erta va sifatli yetishtirish asnosida mo‘l daromad olmoqda.  

Joriy yil bahorda ham 10 gektar yerga ekilgan ertapishar qovun va tarvuzdan barakali hosil olindi. Mahalliy bozordan ortgan 100 tonna hosil Qozog‘iston Respublikasiga eksport qilindi.  

[gallery-24561]

Hozir ham polizda yig‘im-terim qizg‘in davom etmoqda.  

Shuningdek, xo‘jalik a’zolari 13 gektar maydonda olma va nok, 7 gektarda uzum yetishtiradi. Bog‘ mevalari har yili Qozog‘iston va Rossiya davlatlariga eksport qilinadi. Bu mahsulot sifatining yuqori, ta’mining shirinligidan dalolatdir.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/AZ6P7wBRB9k?si=VgZ0f0mxEZtPKhRH" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Maqsad HABIBULLAEV(surat,video),O‘zA