Politsiya tergovni sinchkovlik bilan olib borganda edi, u panjara ortiga tushmasdi
“The Guardian” gazetasining yozishicha, AQShda o‘zganing jinoyati uchun 30 yil turmada o‘tirgan shaxs oqlandi.
“The Guardian” gazetasining yozishicha, AQShda o‘zganing jinoyati uchun 30 yil turmada o‘tirgan shaxs oqlandi.
Sud 1991 yildan buyon qamoqda o‘tirgan 62 yoshli Jerri Tomasga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qildi. U 1987 yilda detroytlik ayolning politsiyaga shikoyati sababli hibsga olingan edi.
Ayolning ta’kidlashicha, unga oziq-ovqat do‘koni yonida hujum uyushtirilgan. Sud jarayonida jabrlanuvchi Tomasni jinoyatchi sifatida tan olgan.
Garchi, politsiya aniq dalillarga hamda guvohlarga ega bo‘lmasa-da, Tomasni qotillik uchun hujum qilishda ayblab 50 yilga qamab yuborgandi.
2010 yilga kelib ushbu ish bilan “The Innocence Project” notijorat yuridik tashkiloti shug‘ullana boshladi. Tashkilot nohaq qamalgan insonlarni oqlash bilan shug‘ullanib keladi.
“Jabrlanuvchi allaqachon hayotdan ko‘z yumgan, shu bois ishni qayta ko‘rib chiqishning imkoni yo‘q”, deydi “The Innocence Project” vakili Jeyn Pucher. Uning ta’kidlashicha, agar politsiya tergovni sinchkovlik bilan olib borganda edi, Tomas panjara ortiga tushmasdi.