“Politico” Trampni Yevropadagi eng nufuzli shaxs deb baholadi
AQSH prezidenti yevropalik bo‘lmasa-da, “Politico” nashri uni Yevropadagi eng nufuzli 28 kishi reytingida birinchi o‘ringa qo‘ydi.
Nashr Trampni Yevropa mintaqasida “munosabatlarni o‘z shartlari bilan o‘zgartiradigan kuch” deb atadi.
Daniya Bosh vaziri Frederiksen ikkinchi, Germaniya kansleri Mers esa uchinchi bo‘ldi.
Ulardan keyingi o‘rinlarni fransuz o‘ng qanot siyosatchisi Le Pen va RF yetakchisi Putin egallagan. Shuningdek, Buyuk Britaniya bosh vaziri Starmerga 10, Orbanga 12, Zelenskiyga 14 va Makronga 19-o‘rin berildi.
S.Rahimov, O‘zA