Unda bu yil ijobiy yutuqlari bilan emas, balki xatolari va g‘alati jihatlari bilan mashhur bo‘lgan taniqli siyosatchilar va loyihalar qayd etilgan.
G‘oliblar orasida Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi ham bor, u qamoqdagi 20 kuni haqida xotiralar kitobini nashr etganidan so‘ng turmadagi “matonati” uchun “Al Kapone” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Sun’iy intellektdan eng yomon foydalangani uchun beriladigan mukofotga irlandiyalik siyosatchi Ketrin Konnolli va AQSH prezidenti Donald Tramp loyiq ko‘rildi. Ular bahs-munozaralar va tanqidlarga sabab bo‘lgan noodatiy xabarlari va SI videolari bilan jamoatchilikka kulgu bo‘ldi.
Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Trampning tarif siyosatini yumshatishga urinishlari muvaffaqiyatsiz bo‘lgani uchun “Hech bo‘lmaganda urinib ko‘rdingiz” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Italiyadagi Messina bo‘g‘ozi ko‘prigi loyihasi esa hech qachon amalga oshmaydigan ulkan g‘oya sifatida “Titanik” mukofotiga ega chiqdi.
“Politico” shuningdek, Bryusselning Shuman aylanma yo‘liga Yevropa Ittifoqining uzoq davom etgan infratuzilma loyihalarining ramziga aylangan cheksiz ta’mirlash ishlari uchun alohida “Dejavyu” mukofotini munosib ko‘rdi.
Muharrirlar ushbu antimukofotlar siyosiy yil nafaqat qarorlari, balki shov-shuvli xatolari bilan ham yodda qolishini istehzo bilan eslatish uchun xizmat qilishini takidlagan.
S.Rahimov, O‘zA