Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Politico Baydenning Afg‘oniston bo‘yicha yo‘l qo‘ygan ikkita halokatli xatosini ma’lum qildi
23:54 / 2021-08-14

Amerikalik harbiylarni olib chiqish juda yomon tashkil etilgani va “Tolibon” harakatining yangi hududlarni shunchalik tez fursatda egallab olishini to‘g‘ri baholay olmaslik Jo Baydenning Afg‘oniston bo‘yicha yo‘l qo‘ygan halokatli xatolari hisoblanadi, deyiladi Politico nashrining sharhlovchisi Aleks Uord e’lon qilgan maqolada.

Maqola muallifining fikricha, yigirma yillik urushdan keyin harbiylarni olib chiqish haqiqatan ham to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Biroq AQSH ma’muriyatining uzoqni ko‘ra bilmasligi uch ming askarning Qobulga qayta jo‘natilishiga sabab bo‘ldi. Ular AQSH elchixonasi xodimlarining xavfsiz  ko‘chirilishini ta’minlashi kerak.

Uning fikricha, bo‘layotgan voqealar haqiqiy ma’noda halokatdir. "Barchasi shu darajada yomon bo‘ldiki, oxir oqibatda AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod toliblardan agar poytaxtni egallasa elchixonaga hujum qilmaslikni yalinib so‘ramoqda", – deydi Uord.

Aleks Uord maqolasida Barak Obama prezident qilgan paytdagi Pentagonning sobiq xodimi aytgan gaplarni keltiradi. O‘shanda u “urushni yakunlash ham g‘alaba qozonishdek topqirlikni va irodali sa’y-harakatni talab qiladi” degandi.

Maqolada ta’kidlanishicha, AQSH hukumati haqiqatan ham Afg‘oniston toliblar tomonidan bosib olinishini bilgan, lekin bu shunchalik tez amalga oshishini kutmagan edi.