Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polina Kudermetova ham mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan bo‘ldi
09:40 / 2025-12-15

Bir qator xorijlik mahoratli tennischi qizlar sportchilik faoliyatini O‘zbekiston terma jamoasida davom ettirmoqda.

Ana shunday tennischilardan biri, ayni paytda WTA reytingida 104-o‘rinni egallab turgan asli rossiyalik bo‘lgan Polina Kudermetovadir. 22 yoshli Polina yana bir taniqli tennischi Veronika Kudermetovaning kichik singlisi hisoblanadi. Endilikda u xalqaro turnirlarda mamlakatimiz bayrog‘i ostida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Polina Kudermetova WTA reytingida 54-pog‘onaga qadar ko‘tarila olgan. Biroq, ushbu tashkilot tomonidan o‘tkazilgan turnirlarda bosh sovrinni qo‘lga kiritmagan. Darvoqe, bugunga qadar Mariya Timofeyeva hamda Kamilla Rahimova kabi mahoratli tennischilar ham sportdagi fuqoroligini o‘zgartirib, terma jamoamiz safiga qo‘shilgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA