Polina Kudermetova Filippinda chempion bo‘lmoqchi
Filippin poytaxti Manila shahrida tennis bo‘yicha WTA 125 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda mamlakatimiz terma jamoasi a’zosi Polina Kudermetova muvaffaqiyatli start oldi.
Mukofot jamg‘armasi 115 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur turnirning ilk bosqichida Polina Kudermetova yaponiyalik Mixo Kuramochiga qarshi kortga chiqdi va 6:3, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, ikkinchi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Polina ertaga tailandlik Lanlana Tararudiga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Polina Kudermetova “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatining asosiy to‘r bahslari ikkinchi bosqichiga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA