English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polina Kudermetova “Canberra Challenger”da sovrindor bo‘ldi
10:11 / 2026-01-10

Butunjahon ayollar tennis uyushmasi tomonidan Avstraliyada o‘tkazilgan “Canberra Challenger” xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Polina Kudermetova vitse-chempionga aylandi.

Polina yakkalik bellashuvlari asosiy to‘ridan o‘rin olgan final bahsida bosh sovrin uchun Tayvan sharafini himoya qilgan Yoxanna Garlandga qarshi kortga chiqdi. Ushbu uchrashuvda yosh tennischimizga biroz omad yetishmadi va imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu tariqa, P.Kudermetova “Canberra Challenger” xalqaro turnirining vitse-chempioniga aylandi va 19 ming 700 ASHQ dollari pul mukofoti va WTA reytingining 81 ochkosiga ega chiqdi. Yoxanna esa chempion sifatida 33 ming 650 AQSH dollari va 125 ochko qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA