Polina Kudermetova “Canberra Challenger” finaliga yo‘l oldi
Butunjahon ayollar tennis uyushmasi tomonidan Avstraliyada o‘tkazilayotgan “Canberra Challenger” xalqaro turnirining asosiy to‘r bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Polina Kudermetova finalga yo‘l oldi.
Polina yakkalik bellashuvlarda final yo‘llanmasi uchun o‘tgan bahsda yaponiyalik Himeno Sakatsumega qarshi kortga chiqib, yakunda 7:5, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Endi P.Kudermetova “Canberra Challenger” xalqaro turnirining bosh sovrini uchun o‘tadigan so‘nggi bellashuvda Tayvan sharafini himoya qilayotgan Yoxanna Garlandga qarshi kortga chiqadi. Ma’lumot uchun ushbu uchrashuv g‘olibi 33 ming 650 AQSH dollari pul mukofoti va WTA reytingining 125 ochkosiga ega chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA