Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polina Kudermetova bugun “Australian Open-2026” dagi yurishini boshlaydi
09:37 / 2026-01-18

Melburn shahrida tennis bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida "Katta dubulg‘a" turkumidagi “Australian Open – 2026” musobaqasi asosiy to‘r bahslarining birinchi davrasi start oldi.

Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu musobaqada terma jamoamizning 2 nafar a’zosi: Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova ishtirok etadi. Ushbu musobaqaning bugungi bahslarida Polina ilk bosqichda ispaniyalik Guyomar De Reales bilan raqobatlashsa, ertaga 19 yanvar kuni Kamilla Rahimova AQSH vakili Koko Gauff bilan to‘qnash keladi. 

Shuningdek, Kamilla 20 yanvar kuni rossiyalik sherigi Anna Blinkova bilan tandemda juftlik bellashuvlarining ilk bosqichida tayvanlik Chan Hao-ching va xitoylik Jiang Xinyu dueti bilan kuch sinashadi.

Ayni damda asosiy to‘r bahslarining birinchi davra o‘yinlarida qozog‘istonlik Yuliya Putinseva, gretsiyalik Mariya Sakkari va italiyalik Jasmina Paolini yakkalik bahslarida g‘alaba qozondi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA