French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poliklinika yangi binoda ish boshladi
15:32 / 2024-12-05

Qo‘qon shahridagi 25 ming aholi yangi va zamonaviy oilaviy poliklinikada ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.

9-oilaviy poliklinika tibbiy standartlarga javob bermaydigan binodan  davlat dasturi doirasida yangidan barpo etilgan inshootga ko‘chib o‘tdi.  

Tantanali ochilish marosimida mamlakatimizda Harakatlar strategiyasi doirasida tibbiyot sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor, aholi farovonligini yuksaltirish va fuqarolarning Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan huquqi – eng zamonaviy va qulay tibbiy xizmatlardan bepul foydalanishi uchun yaratilayotgan sharoitlar e’tirof etildi.

Poliklinika qurilishiga 7 milliard so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi. Bu yerda yaratilgan sharoitlar aholiga eng yuqori saviyadagi tibbiy xizmatlar ko‘rsatish imkonini beradi. O‘rnatilishi rejalashtirilayotgan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar tibbiy xizmatni yangi bosqichga olib chiqadi.

–Mamlakatimizda Harakatlar strategiyasi doirasida tibbiyot sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda,– deydi Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Bobur Primqulov poliklinikaning ochilish marosimida. –Mazkur zamonaviy tibbiyot muassasasi Yangi O‘zbekistonda inson qadri uchun tamoyili asosida yaratilgan yana bir majmuaga aylanadi.

                                                                           Muhammadjon Obidov, O‘zA