E’tiqodxon ATAQULOVA dotsent v.b. filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar Universiteti Toshkent, O‘zbekiston etaqulova@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada baxslashish etikasi, muloqot madaniyati borasida so‘z boradi. Muloqot faqat insonlarga xos bо‘lgan jarayondir. U axborot almashishni о‘z ichiga oladi. Muloqot yordamida odamlar muayyan maqsadga qaratilgan ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qiladilar. Muloqot jarayonida har doim ham tomonlarning maqsadlari, manfaatlari mushtarak bо‘lavermaydi. Bu esa о‘zaro qarama-qarshiliklar, tortishuvlar fikrlar tо‘qnashuvi yoki turli bahs-munozaralarni vujudga kelishiga sabab bо‘ladi. Bahslashishning bir turi sifatida, san'at darajasida ulug'langani bu polemikadir. Shu о‘rinda uni matbuot sahifalariga kо‘chirsak, polemika matbuotning xabardorlik funksiyasidan tashqari fikr uyg'otish, muayyan masala bо‘yicha omma fikrini shakllantirish, plyuralizm vazifasini ham bajaradi. Polemik maqolalar odatda jamiyatning biron bir sohasida, muayyan muammo atrofida bahs-munozara, tortishuvlar, turli fikrlar paydo bо‘lganda matbuot yuzini kо‘radi.
Tayanch so‘zlar: polemika, plyuralizm, muhokama, matbuot, tolerantlik, propanent, opponent, bahs-munozara, ommaviy axborot vositalari, kontent