Kuni kecha Butunjahon jang san’ati federatsiyasi(WoMOU)ning navbatdagi onlayn hisobot saylov yig‘ilishida O‘zbek jang san’ati federatsiyasi raisi Po‘lat Usmonov uch yillik muddatga ushbu tashkilotning vitse-prezidenti etib qayta saylandi.
O‘zbek jang san’ati federatsiyasi raisi Po‘lat Usmonovning ushbu lavozimga saylanishi O‘zbekiston sporti uchun qanday ahamiyatga ega?
Bu, eng avvalo, ota-bobolarimizdan meros O‘zbek jang san’ati xalqaro maydonda yanada keng targ‘ib qilinishiga xizmat qiladi.
Qolaversa, O‘zbek jang san’ati usullari asosida ishlab chiqilgan Amir Temur, Jaloliddin, Temur Malik, Bobur Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, To‘maris, Mustaqil O‘zbekiston nomlaridagi 27 taga yaqin kompleks mashqlar orqali milliy qadriyatlarimiz, bobomeros an’analar jahonda yanada tanilishiga olib keladi.
Yana bir ahamiyatli jihati, hamyurtimizning 50 ga yaqin davlat delegatlari orasida WoMOU vitse-prezidenti etib saylanishi Butunjahon jang san’ati federatsiyasida O‘zbekiston o‘z ovoziga ega bo‘lishini ta’minlamoqda.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA