Pol Biya Kamerun prezidenti deb e’lon qilindi
“Arab News” xabar berishicha, Markaziy Afrika mamlakati Konstitutsiyaviy Kengashi tomonidan bugun e’lon qilingan rasmiy natijalarga ko‘ra, Kamerun prezidenti Pol Biya sakkizinchi muddatga qayta saylangan.
Ta’kidlanishicha, 92 yoshli Biya 1982 yildan buyon o‘lkani boshqarib kelmoqda. Shuningdek, u 2008 yilda prezidentlik muddati cheklovlarini bekor qilgandi.

Uning bu yilgi eng jiddiy raqibi – katta olomonni o‘ziga jalb qilgan va muxolifat partiyalari hamda fuqarolik jamiyati guruhlari koalitsiyasining qo‘llab-quvvatlashiga sazovor bo‘lgan 70 yoshli sobiq bandlik vaziri Issa Chiroma Bakari bo‘ldi.
M.Pirmatova, O‘zA