Pokistonning sobiq Bosh vaziri terrorizmda ayblanmoqda
Pokiston politsiyasi sobiq Bosh vazir Imron Xonga qarshi terrorizmga qarshi qonunni buzganlik ayblovini qo‘ydi. Britaniyaning “The Guardian” gazetasi xabariga ko‘ra, shanba kuni siyosatchi Islomoboddagi miting paytida politsiya va sudga nisbatan keskin qarshi chiqishlar qilgan.
Maqolada aytilishicha, sobiq Bosh vazir hozircha ozodlikda qolmoqda. Shuningdek, Xon rahbar bo‘lgan “Adolat harakati” muxolifat partiyasining yuzlab faollari uning uyini tintuv qildirmaslik uchun atrofini o‘rab olishgan.
“The Guardian” nashri yozishicha, Xon qo‘yilgan ayblov asosida bir necha yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Ushbu siyosatchiga ilgari ham bir necha bor ayb e’lon qilingan va o‘shanda ham voqea hech qanday salbiy oqibatga olib kelmagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 10 aprel kuni Imron Xonga ishonchsizlik bildirilib, u Pokiston Bosh vaziri lavozimidan chetlashtirilgan.