French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xonning partiyasi parlament tarkibidan chiqdi
21:33 / 2022-04-11

Pokistonnning sobiq bosh vaziri Imron Xonning partiyasi "Texrik-va-Insaf" yangi bosh vazir saylovi arafasida parlament tarkibidan chiqdi.

"Barchamiz iste’foga chiqqanimizni e’lon qilamiz", – dedi sobiq tashqi ishlar vaziri va "Texrik-va-Insaf" partiyasining vitse-prezidenti shuningdek, partiya nomidan bosh vazir sayloviga nomzod Shoh Mahmud Kurayshiy.

Xabarlarga qaraganda, Pokistonning yangi bosh vaziri lavozimiga yagona nomzod sifatida muxolifatdagi Pokiston musulmonlar ligasi prezidenti Shohboz Sharif bo‘lib turibdi.

O‘tgan shanba kuni Pokiston parlamenti bosh vazir Imron Xonga ishonchsizlik bildirdi. Ushbu qarorni parlamentning 174 a’zosi yoqlagan, aslida qaror qabul qilish uchun 172 ovoz ham yetarli edi. Keyinroq Xon ishonchsizlik vatumi e’lon qilingandan keyin xorijiy fitnaga qarshi ozodlik uchun kurash boshlaganini ma’lum qildi. Oldinroq u o‘zining olib borayotgan mustaqil tashqi siyosati "ayrim xorijiy davlatlarga", jumladan, AQSHga yoqmayotgani va ular muxolifatchilar harakatlarini moliyalashtirganini aytgan edi.

O‘z navbatida, AQSH davlat departamenti Xonning aytganlari haqiqatdan yiroq ekanini ta’kidlagan. Yangi bosh vazir saylovi nomzodlariga ovoz berish arafasida Imron Xon va "Texrik-i-Insaf" partiyasining o‘n minglab tarafdorlari uni qo‘llab- quvvatlash uchun ko‘chalarga chiqishdi.