Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokistonning Lahor shahrida “O‘zbekiston savdo uyi” ochildi
18:30 / 2025-06-03

O‘zbekiton Savdo-sanoat palatasi boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirokida Lahor shahrida "O‘zbekiston savdo uyi"ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Lahor shahri ma’muriyati, yirik ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi. 

Ushbu ob’ekt ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo va hamkorlikni yanada faollashtirishga xizmat qiladi.

Palataning xabar berishicha, joriy yil 25 iyun kuni Karachi shahrida O‘zbekiston va Pokiston ishbilarmonlari o‘rtasida biznes-forum tashkil etiladi. 

Ajumanga barcha tadbirkorlar taklif etilmoqda hamda “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJning qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalariga xorijdan malakali dizaynerlar, texnologlar, marketologlar, sifat nazoratchilari va agronomlarni jalb qilish xarajatlarini qoplash imkoniyati berilgan.

O‘zA