Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokistonlik mehmonlar Buxoroda
13:55 / 2025-12-11

Pokiston Islom Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi va ommaviy axborot vositalari bo‘yicha maslahatchisi Murtazo Solangiy boshchiligidagi delegatsiya ko‘hna va boqiy Buxoroda bo‘ldi. Mehmonlarni viloyat hokimi o‘rinbosari Botirjon Shahriyorov kutib oldi.

Tashrif davomida mehmonlar Buxoroning diqqatga sazovor madaniy meros ob’ektlari, jumladan, Ark qo‘rg‘oni, Ismoil Somoniy maqbarasi, Poyi Kalon, Masjidi Kalon majmualari, Toqlar ichra Labi Hovuzgacha bo‘lgan tarixiy obidalarni tomosha qildi. 

[gallery-26681]

Mehmonlar “Bahouddin Naqshband” majmuasini ziyorat qildi. Shu joyda Qur’on tilovat qilindi. Mehmonlarga Bahouddin Naqshbandning hayoti, islom dini rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil so‘zlab berildi.

Mehmonlarga ushbu manzil nafaqat respublikamiz hududlaridan, balki ko‘plab xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurayotgan minglab sayyohlar uchun ham e’tiborga sazovorligi haqida ma’lumot berildi. 

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.