Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokistondan nazar: O‘zbekiston va Pokistonni umumiy tarixiy va boy meros birlashtiradi
15:23 / 2022-05-10

Savdogarlar va so‘fiylar ajoyib Samarqand va Buxoro shaharlaridan Hind vodiysi va undan boshqa joylarga safar qilib, hikmatli so‘zlarni tarqatish, savdo yuritish bilan birga o‘z g‘oyalari, dunyoqarashlari bilan ham o‘rtoqlashgan.

Bir qancha so‘fiy avliyolar ham butun mintaqada diniy bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va mehr oqibatni targ‘ib etib, Islom dinining asl mohiyatini yetkazgan holda, Janubiy Osiyo bo‘ylab sayohat qilgan.  

Tasavvuf markazi bo‘lgan  O‘zbekiston  hadis ilmini targ‘ib etishga beqiyos hissa qo‘shgan Imom Buxoriy kabi  ko‘plab islom  arboblarining vatani hisoblanadi.  Bu hududda vujudga kelgan so‘fiylik tariqatlari islom dini va uning ta’limotlari bilan dunyoni yoritgan. 

Pokistonda  “Butun dunyoda  nur osmondan, faqat Samarqand va Buxoroda  yerdan taraladi”, degan xalq maqoli bor. Bu maqolda shu zamin odamlarining ilmiy va boy madaniyati aks etgan.

Pokiston va O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng ikki xalq o‘rtasidagi  yaqin aloqalar qayta tiklandi. Ularning umumiy o‘tmishi va kelajakka bir xil intilishlari xalqlarni taraqqiyot va farovonlik yo‘lida birlashtirib turadi.

I. Abdumalikzoda tayyorladi, O‘zA